Chaqmoq
Otash Xolmirzayev · She'r
Chaqmoq chaqib olamni,
Qilich solar boshiga.
Yalt-yalt etar huv falak,
Chopar qirlar qoshiga.
Taraqlaydi arava,
Ot tuyog'i yo'l ochar.
Jala quyar paqirlab,
Go'yo yerga dur sochar.
Boshin egar dov-daraxt,
Nurdan durra boshida.
Anhorlar-chi, suv haydab,
Chopar dengiz qoshiga.
Yaraqlaydi qilichi,
Bulut bag'rin tiladi.
Bir zum o'tmay bor olam,
Yetti rangda kuladi.
Topshiriqlar
- 1-topshiriq: Savolga javob toping
- 2-topshiriq: Bo'sh joyni to'ldiring
- 3-topshiriq: Og'zaki savollar
- 4-topshiriq: Yozma topshiriq