← Javonga qaytish

Suvda xotira bor

"Bolalar adabiyoti" jurnalidan · Ilmiy maqola

Odamzod suvni hayot avvalida ko'rgan edi, biroq uning xususiyatlari hali ham to'liq anglab yetilgani yo'q. Yapon olimi Massaro Emoto hamda rus professori Konstantin Korotkovning suv xosiyatlari haqidagi tadqiqotlari, fikr-xuloslari sizni ham hayratlantirishi tabiiy.

Barcha suyuqlik muzlaganda torayadi, suv esa kengayadi. Har qanday modda qattiq holda suyuqligiga qaradanda og'ir bo'ladi, suvda esa buning aksi. Muz uning yuzasida qalqib turadi, fizika qonunlarga ko'ra cho'kib ketmaydi.

Suvning yana bir antiqa xususiyati — u ikki xil gaz birikmasi (kislorod va vodorod)dan tashkil topgan. Boshqa gazlar o'zaro birlashib, suyuqlik hosil qila olmaydi.

Suv bir vaqtning o'zida uchta — suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo'la oladi. Erta bahorda, tong chog'i hali muzi erib ulgurmagan hovuz yoniga boring, bunga o'zingiz amin bo'lasiz.

Yana bir nodir xususiyati, suv nimaiki bo'lsa, eslab qoladi. Shveytsariyalik olimlar buni tasdiqlovchi hayratomuz tajriba o'tkazishdi. Ular Jeneva ko'lining qirg'oq suvida bir nechta tuz zarrachalarini eritishdi. So'ng narigi qirg'oqda uskunalar yordamida tekshiruv o'tkazishdi va tuz emas, tuz haqidagi xotira ma'lumotini qayd etishdi. Narigi qirg'oqdagi tuzning o'zini aniqlashga uskunalarning sezuvchanligi yetishmagan bo'lardi.

Ammo ko'l hovuzidagi ulkan molekula ushbu xotirani qanday bo'lsa, shundayligicha saqlab qolgan.

Biologlarning aniqlashicha, suv tirik organizmlarni nafaqat sug'oradi, balki ular bo'ylab axborot tashiydi. Aynan suv vositasida tirik jism organlari bir-birining holatidan boxabar bo'lib, qanday funksiyalar zarurligini bilib turishadi. Suv bu axborotlarni qayerdan olishi to'g'risida esa faqat taxmin qilish mumkin.

Suv hatto musiqani "tinglay" oladi. Ha-ha, Betxoven simfoniyalari yangraganda bir xil kristallar, Motsart musiqasi ostida boshqa xildagilari hosil bo'ladi. Shopen ohanglari Bax organi sadolariga qaraganda mutlaqo boshqacha kristallarni paydo qiladi...

Suv bizning tuyg'ularimizga javob beradi, ko'plab tajribalarda ayon bo'lishicha, bizdagi ijobiy va salbiy his-tuyg'ular suvning tarkibini o'zgartirib yuboradi, inson sifatiga qarab, go'zal va badburush kristallar hosil bo'ladi.

Topshiriqlar